Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

2023-yilning 11 oyida xizmatlar orasida eng yuqori o‘sish aloqa va axborotlashtirish sohasida kuzatildi

2023-yilning 11 oyida xizmatlar orasida eng yuqori o‘sish aloqa va axborotlashtirish sohasida kuzatildi

Illyustrativ foto

Prezidentimiz tomonidan sohamiz uchun yaratilgan sharoitlar tufayli 11 oy yakunlari bo‘yicha xizmatlar orasida eng yuqori o‘sish sur’ati aynan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida kuzatildi — 124,3 foiz.

Esportni oshirish yo‘nalishida bugungi kunda IT Parkning 550 dan ortiq rezidenti eksportyor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va yil yakuniga 300 mln dollardan ortiq IT/BPO xizmatlari eksporti bo‘lishi kutilyapti, ya’ni o‘tgan yilgidan 2 barobardan ortiq. Bunday eksportyorlarning ba’zilari bilan videolavhada tanishish mumkin.

Bu kabi xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanadigan kompaniyalarda ishlash uchun esa yoshlarimiz chet tillarini va axborot texnologiyalarini yanada yaxshiroq o‘zlashtirishlari muhim. Yoshlarimiz internetda o‘zlari mustaqil bepul resurslardan o‘rganishda qiynalsalar, bu kabi qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish uchun IT ta’lim rezidentlari imkoniyatlaridan ham foydalanishlari mumkin.

https://www.education.it-park.uz/
https://uzbekcoders.uz/
https://www.it-istedod.uz/

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring