Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“uPro” 200 nafardan ortiq yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitmoqda

“uPro” 200 nafardan ortiq yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitmoqda

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Urganch shahridagi “uPro” raqamli ta’lim va logistika markazi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida vazir markazning keyingi rejalari va amalga oshirayotgan loyihalari bilan tanishdi.

Markaz 200 nafardan ortiq yoshlarni ingliz tili, logistika va autsorsing sohasida o‘qitmoqda.

Mazkur korxona IT-xizmatlar autsorsing yo‘nalishida 3 ta yo‘nalishda faoliyat olib boradi:

  1. Kompyuter savodxonligi va ingliz tilini o‘rgatish;
  2. Logistika sohasidagi nazariy va amaliy bilimlar berish;
  3. Logistika sohasidagi brokerlik va dispetcherlik xizmatlari.

Tashrif davomida yoshlarni IT yo‘nalishiga jalb qilish, ushbu sohada xotin-qizlar ulushini oshirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinib, markaz faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring