Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Qizlaringizni chet tili va AyTiga o‘qiting! Ularga qo‘shimcha imkoniyat ochadigan yana bir muhim qadam qo‘yildi.

Qizlaringizni chet tili va AyTiga o‘qiting! Ularga qo‘shimcha imkoniyat ochadigan yana bir muhim qadam qo‘yildi.

Bugun Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kunida Prezidentimiz doim qizlarimizni kelgusida baxtli xayot kechirishlari uchun ularni o‘qitish muhimligini ta’kidlab kelayotganliklarini eslab o‘tish muhim. Zulfiya mukofoti bilan taqdirlanuvchilar orasiga AyTi sohasidagilarni ham qo‘shilgani ushbu yo‘nalishda muhim qadam bo‘ldi. Aynan AyTi sohasiga o‘qish qizlarimizga kelgusi xayotlarida yanada ko‘proq imkoniyatlar ochadi, jumladan:

1) Maktablarni yuqori sinfida chet tili, matematika va boshqa STEAM fanlaridan odatda qizlarimiz a’lo baholarga o‘qishadi, ular aynan AyTi yo‘nalishlarini tanlashsa ushbu yo‘nalishlardagi Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinish imkoniyatlari ko‘payadi;

2)  Aynan AyTi va masofaviy xizmatlar eksporti sohasida nafaqat chet elga, balki umuman ishxonaga bormasdan turib ham masofaviy ishlash mumkin. Bu esa, ko‘proq vaqtini kelgusi xayotida oilasi va farzand tarbiyasiga bag‘ishlamoqchi bo‘lgan ayollarimiz uchun ham qulay imkoniyat;

3) AyTi va chet tilini bilgan ayollarimiz kelgusida farzandlarini ham uyda o‘zlari ushbu yo‘nalishlarga qiziqtirishlari va o‘qitishlari osonroq bo‘ladi.

Va nihoyat, bir qizni tarbiyalasa, millat tarbiyalanadi degan gap juda to‘g‘riligini nafaqat kelgusidagi farzadlar tarbiyasida balki, oila qurish jarayonidan boshlab xayotni o‘zi ko‘rsatadi. AyTi va chet tilini bilgan hamda bemalol yuqori daromad topa oladigan qizga munosib kuyov bo‘lish uchun o‘g‘il bollarimiz ham yanada yaxshiroq bilim olib, o‘zlarini ustilarida qattiqroq ishlashlari kerak bo‘ladi.

PS. Aytgandek, Technovation Girls 2024 ga onlayn ariza topshirishga juda kam muddat qoldi: https://t.me/mitcuz/12553 

PPS. Video: https://www.facebook.com/watch/?v=601901655462472

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring