Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MWC 2024: ZTE texnologiyalari bilan tanishuv (foto)

MWC 2024: ZTE texnologiyalari bilan tanishuv (foto)

Foto: Digital.uz

Barselonadagi MWC 2024 jahon mobil kongressida ishtirok etayotgan Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi ZTE kompaniyasining stendlari bilan tanishdi.

Kompaniya 4/5/5.5G, telekommunikatsiyalar transport tarmog‘i, shaharlararo va shahar ichidagi telekommunikatsiya, aqlli uy, aqlli shahar kabi raqamli texnologiyalarini namoyish etmoqda.

Delagatsiya a’zolari, shuningdek, kompaniyaning raqamlashtirish sohasida zamonaviy texnologiyalari va sun’iy intellekt bo‘yicha loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng ZTE korporatsiyasining katta vitse-prezidenti Mey Jonhua bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda ayollar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar haqida ma’lumot berildi. Mahalliy yoshlarni ishga joylashtirish orqali BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda ZTE kompaniyasining bevosita ishtiroki muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring