Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

O‘tgan yili O‘zbekistonning AQShga jami eksportining yarmidan ko‘pi AyTi xizmatlariga to‘g‘ri keldi

O‘tgan yili O‘zbekistonning AQShga jami eksportining yarmidan ko‘pi AyTi xizmatlariga to‘g‘ri keldi

Foto: Statistika agentligi

O‘tgan yili O‘zbekistonning AQShga jami eksportining yarmidan ko‘pi aynan AyTi xizmatlariga to‘g‘ri keldi va ushbu eksportni oshirishdan nafaqat O‘zbekistondagi balki AQShda yashaydigan vatandoshlarimiz ham qo‘shimcha daromad topishlari mumkin

7 yil avval AQShga eng katta eksporter aynan AyTi sohasi bo‘ladi degan gap aytilsa, buni esi joyidami deb odamlar hayron qolishi aniq edi. Hozir esa Prezidentimiz tomonlaridan sohaga yaratilgan imkoniyatlar tufayli AQShga safarimiz natijasi sifatida keyingi yilga AQShga eksportimizni yana 50 mln.dollarga oshiramiz deb qo‘rqmay harakat qilayapmiz. Albatta, bu o‘zicha bo‘ladigan ish emas va butun jamoamizdan katta mehnat talab qiladi. AQSh kompaniyalari bilan tizimli ishlab, targ‘ibot qilib, tushuntirib borishimiz kerak. Til va qonunchilik boshqa bo‘lganiga ko‘pchiligining qaror qabul qilishi sekinroq.

2022-yilda AQShga tovarlar va xizmatlar eksporti jami 124,5 mln. dollar, AKT sohasi eksporti 79 mln. dollar, ya’ni jami tovarlar va xizmatlarning 63 foizi bo‘lgan. Aslida AyTi xizmatlarini AQShga eksporti undan ham ko‘p, chunki rasmiy statistika orqali o‘tmasdan masofaviy xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanayotganlar soni anchagina, shu jumladan frilanserlar ham.

EPAM kabi katta AQSh autsorsing kompaniyalaridan tashqari, AQShdagi o‘zimizning vatandoshlarimiz ham IT Parkda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib qo‘shimcha daromad topishlari mumkin albatta. Shuning uchun AQShda 100 dan ortiq vatandoshlar ishtirokidagi ochiq muloqotda rasman ishlayotgan muvaffaqiyatli eksporterlarimiz o‘zlarining tajribalari bilan bo‘lishdilar.

AQShdagi vatandoshlar uchun asosiy katta imkoniyat bu aynan IT Park eksporterlariga buyurtma topish orqali o‘zlarining daromadlarini ko‘paytirishdir. Chunki O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya uchun eng qiyin masala buyurtma topish. AQShda uzoq yil yashagan va ko‘p tanishlarga ega bo‘lgan vatandoshimizga esa bu ancha oson. Shunga buyurtma topgan odam bemalol summasini katta qismini o‘zida qoldirib, qolganini O‘zbekistonga autsors qilsa bo‘ladi va juda yaxshi daromadga ega bo‘ladi. Ushbu imkoniyatdan foydalaning!

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring