Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Uzbekistan Esports Championship 2024” kibersport turniri g‘oliblari aniqlandi

“Uzbekistan Esports Championship 2024” kibersport turniri g‘oliblari aniqlandi

Poytaxtimizda Raqami texnologiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamda O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi tomonidan respublika chempionatining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

3 ta kibersport turi — “Counter-Strike 2”, “Dota 2”, “PUBG Mobile” bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur musobaqada barcha kibersport turi bo‘yicha "Toshkent shahar" jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar homiylar tomonidan pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Uzbekistan Esports Championship 2024” respublika kibersport turniri g‘oliblari quyidagi yo‘nalishlarda aniqlandi:

Dota 2:

  • Toshkent shahri;
  • Farg‘ona viloyati;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

Counter-Strike 2:

  • Toshkent shahri;
  • Qashqadaryo viloyati;
  • Farg‘ona viloyati.

PUBG Mobile:

  • Toshkent shahri;
  • Samarqand viloyati;
  • Toshkent viloyati.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring