Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Counter Strike o‘yini miyani rivojlantirishini bilarmidingiz?

Counter Strike o‘yini miyani rivojlantirishini bilarmidingiz?

Sheffild universiteti olimlari 230 nafar Counter Strike o‘yinchilarida tadqiqot o‘tkazishdi va ushbu o‘yin kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishini aniqlashdi.

Tadqiqot natijalari shuni ma’lum qiladiki, CS o‘yinchilari oddiy odamlarga qaraganda tezroq qaror qabul qilishadi.

Qolaversa, ular qiyin vazifalarni boshqalarga qaraganda yaxshiroq va tezroq bajarishadi, ularning strategik fikrlashi esa oddiy odamlarnikidan bir necha marta yaxshiroq.

Eng asosiysi, o‘yinchilar kamroq stressga tushadilar. Bu esa harbiylar, shifokor va o‘t o‘chiruvchi kabi murakkab kasb egalari uchun nihoyatda foydali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring