Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

Ayol «ayti»chi jamoada o‘z o‘rnini topishi uchun...

Ayol «ayti»chi jamoada o‘z o‘rnini topishi uchun...

Foto: "KV.by"

Bugungi kunga kelib, IT sohasida faoliyat yurituvchi veb-dizayner, frontend, bekend dasturchi qizlarni ko‘rsak, hayron qolmaymiz.  Ammo, streotiplar hanuz saqlanib qolgan, ayollar aynan  IT jamoada o‘z o‘rinlarini topishlari uchun nimalarga ahamiyat berishlari kerak?

Agar IT jamoasidagi birinchi ayol bo‘lsangiz, professionallik sinoviga tayyor bo‘ling. Jinsdan qat’i nazar, har qanday ishga qabul qilinuvchi xodim bunday sinovdan o‘tadi, deb bahslashish mumkin. Ammo, ba’zi dasturchilar istehzo bilan ta’kidlaganidek: agar erkak dasturchi junior pozitsiyadan boshlasa, nozik jins vakillari uchun «ayol» pozitsiyasidan boshlanadi. U ham har qanday murakkablikdagi loyihani o‘z zimmasiga olishini isbotlashi kerak. Bu haqda suhbat jarayonidayoq aytib o‘tilishi lozim.

Boshqa har qanday jamoada bo‘lgani kabi, IT jamoasida ham noto‘g‘ri tushuncha mavjud: masalan, ayol yuqori malakali mutaxassis bo‘la olmaydi, chunki unda oilaviy mas’uliyat katta va bolalarga g‘amxo‘rlik qiladi. Shu sababli, ish beruvchilar nomzodlarni tanlashda, hatto ayolning tajribasi ko‘proq bo‘lsa ham, erkaklarga yon bosadilar.

Negadir ayol kishi uchun erkak dasturchilar bilan umumiy til topish qiyinroq, deb ishoniladi. Chetdan qaraganda,  dasturchilar o‘z ishiga berilgan, o‘z dunyosida yashovchi va xarakteri bir qarashda yomon ko‘rinishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos insonlarga o‘xshaydi. Ammo ular bilan bir jamoada ishlay boshlagach, soqolli, qattiqqo‘l yigitlar qiyofasi haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ayon bo‘ladi. Ular o‘z ishlariga shunchalik ishtiyoqmandlarki, hatto ta’tilda ham sohil bo‘yida dam olishni emas, balki foydali ishlarni afzal ko‘rishadi, masalan, yangi dasturlash tilini o‘rganish yoki professional adabiyotlarni o‘qish. Ayol uchun bunday hamkasblar bilan umumiy til topish unchalik oson bo‘lmasligi mumkin, lekin bunga juda qiyin masaladek qaramaslik kerak. IT jamoasidagi munosabatlar boshqa har qanday jamoada bo‘lgani kabi qurilgan.

Professionalizmni saqlang. Har qanday jamoada bo‘lgani kabi professionalizm va ishga mas’uliyat bilan yondashuv o‘zaro hurmatga loyiqdir.

Jamoaning bir qismiga aylaning. Aralash jamoalar samaraliroq ishlaydi - turli xil idrokga ega insonlar muammolarga turli tomonlardan qarash, ko‘proq ijodiy g‘oyalar yaratish, muvaffaqiyatli mahsulotlar yaratishga qodir. Shuning uchun jamoada rollar muvozanatini saqlash ayollar uchun ham, erkaklar uchun ham katta ahamiyatga ega.

Ishonchli do‘st bo‘ling. Shaxslararo munosabatlarda o‘zaro yordam, ishonch va eng muhimi, yumor tuyg‘usi kabi oddiy insoniy fazilatlar birinchi o‘ringa chiqadi. Bu fazilatlar ma’lum bir jinsga mansubligiga bog‘liq emas va har bir inson uchun individualdir.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring