Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

Microsoft, Apple kompaniyalarining ta’limi va imtihonlari endi O‘zbekistonda

Endi Microsoft,  Apple,  Adobe,  Autodesk va shu kabi mashhur brendlarning rasmiy ta’limiga ega bo‘lish, imtihonlardan o‘tish va «Certiport» tashkiloti orqali sertifikatlarga ega bo‘lish mumkin.

Shu munosabat bilan, 8 sentabr kuni Certiport AQSh kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy hamkori Certiport InfoTech MChJ tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Bu kabi rasmiy ta’lim va sertifikatlar IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun nima beradi?

Talabaning ingliz tilini bilish darajasi IELTS baliga bog‘liq bo‘lganidek, IT mutaxassislarining bilim ko‘nikmalari aynan shu kabi rasmiy ta’limga bog‘liqdir.

 «Rasmiy ta’lim va sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislar ish topishda va daromad masalasida qiyinchilikka uchramaydilar. Aytaylik IT sohasini o‘rgangan talaba ishga joylashayotganda, uni bir qancha qiyinchiliklar kutadi. Birinchidan, malakaga ega ekanligini isbotlashi kerak, ikkinchidan, boshlang‘ich kamroq maoshga rozi bo‘lishi lozim. Agar xalqaro kompaniyalarning rasmiy ta’limiga ega bo‘lsa, talaba ish beruvchidan nafaqat ish so‘rash balki oylik ish haqqi miqdorini talab qila oladi chunki xalqaro sertifikata ega bo‘lganlarga talab yuqoridir», – deydi «Certiport» asoschilaridan biri Umidjon Ishmuhammedov.

«Certiport» AQShda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda dunyoning 148 mamlakatida sertifikatlashtirish imtihonlarini ishlab chiqish, yetkazib berish va dasturlarni boshqarish xizmatlarini yetkazib beruvchi yetakchi tashkilot hisoblanadi.  Sertifikat imtihonlari butun dunyo bo‘ylab 26 tilda, 15 000 dan ortiq rasmiy test markazlarining keng tarmog‘i orqali yetkazib beriladi va har yili millionlab imtihonlarni o‘rta maktab va undan keyingi ta’lim, mehnat va korporativ texnologiya bozorlari orqali o‘tkazib keladi. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring