Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov barcha yoshlarni qiziqtirgan savolga javob berdi

Sherzod Shermatov barcha yoshlarni qiziqtirgan savolga javob berdi

Joriy yilning 19 – 23-may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar" oromgohi hamda Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi tashkil etildi.

Forum doirasida "Rahbar hamda yoshlar" uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov hamda O‘zbekiston bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovalar ishtirok etdi.  

Uchrashuv davomida yoshlar oliy ta’lim va IT sohasida kasb tanlash bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga rahbarlardan yetarlicha javoblar olishdi.

Jumladan, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘z nutqi davomida yoshlarning sifatli bilim olishlari hamda kelgusida kasb tanlashda yaxshi daromad topa olishlari uchun to‘g‘ri yo‘nalish tanlay bilishi muhimligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlarga liderlik qobiliyatini oshirish, to‘g‘ri boshqaruvni shakllantirish borasida motivatsiyalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring