Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inchon shahrida Miso Information Technology vitse prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Inchon shahrida Miso Information Technology vitse prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Inchon shahrida Miso Information Technology vitse prezidenti Nam Sangdo va ijrochi direktori Ming Kengil bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida kompaniya vakillariga bugungi kunda IT kompaniyalar uchun yaratilgan soliq imtiyozlari, qulay infrastruktura, koreys tilida mukammal so‘zlashuvchi IT mutaxasssislari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, IT Park tomonidan aynan shu borada chet ellik kompaniyalar uchun yengillik yaratish maqsadida One Stop Shop  – kompaniya ochish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yordam xizmati taqdim etilishi ta’kidlandi. 

Bundan tashqari, kompaniyalar Zero Risk dasturiga qatnashish orqali qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lishi haqida ma’lumot taqdim etilib, hududlardagi malakali kadrlarning salohiyati to‘g‘risida axborot berildi. 

Uchrashuv so‘ngida vazir Miso Information Technology vakillarini 24-iyulda Toshkent shahrida bo‘ladigan “GBS Forum” hamda 18-19-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ICT Week xalqaro tadbiriga taklif etdi.

Ma’lumot o‘rnida, Miso Information Technology kompaniyasi 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 160 xodimga ega. Asosiy ish faoliyati katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash (Big data storage) sun’iy intellekt bo‘yicha tibbiyot sohasi bo‘yicha yechimlar, metavers dasturlarni ishlab chiqish va ta’minotidan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring