Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

362 mingta Tesla sotuvi nega to‘xtatildi?

362 mingta Tesla sotuvi nega to‘xtatildi?

Foto: Iz.ru

Tesla AQShda 362 mingta avtomobilni chaqirib oldi. Maqsad - avtopilot uchun dasturiy ta’minotning beta-versiyasini yangilash.

362 mingta mashinaning hammasiga FSD avtopilotining beta-versiyasi o‘rnatilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, avtopilot dasturida jiddiy nuqson bor. U haydovchilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Ekspertlar mazkur ehtimoliy muammolarning ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Shuningdek, avtopilot bilan boshqarilgan avtomobillarda qanday qoidalar buzilganining hisobi yuritildi.

Amerika yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining aytishicha, Tesla transportlaridagi dasturiy ta’minot tezlikni oshirish, chorrahalarni noto‘g‘ri kesib o‘tish kabi xatoliklarga moyillik tug‘diradi. Buning ortidan avtohalokatlar kelib chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring