Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vaziri Urganchdagi “Next level group” faoliyati bilan tanishdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Urganchdagi “Next level group” faoliyati bilan tanishdi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Urganch shahrida tashkil etilgan “Next level group” masofaviy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida markaz faoliyati va unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, u yerda yoshlar uchun munosib ish o‘rinlari yaratish, viloyatda IT-eksport hajmini oshirish bo‘yicha takliflar berildi.

“Next level group” tizimida “Next level” va “FlagmenMI” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyat yuritadi.

“Next level group” AQSh va Yevropa mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya)ga tashqi xizmat ko‘rsatuvchi provayder sifatida ma’lum biznes funksiyalari va jarayonlari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va raqamli identifikatsiyasini yaratish bo‘yicha shartnoma asosida masofadan turib xizmat ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring