Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MWC 2024: O‘zbekiston delegatsiyasi Huawei zamonaviy texnologiyalari bilan tanishdi

MWC 2024: O‘zbekiston delegatsiyasi Huawei zamonaviy texnologiyalari bilan tanishdi

Foto: Digital.uz

Barselonadagi MWC 2024 jahon mobil kongressida ishtirok etayotgan Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Huawei Technologies Co. Ltd. korporatsiyasining yangi zamonaviy yechimlari bilan tanishdi.

Delagatsiya a’zolari 4/5/5.5G aloqa tarmoqlarini kengaytirish, DWDM (telekommunikatsiyalar transport tarmog‘i texnologiyasi) shaharlararo va shahar ichidagi telekommunikatsiya transport tarmog‘i, aqlli uy, aqlli shahar va boshqa bir qator texnologiyalarni ko‘zdan kechirishdi.

Huawei vakillari 5.5G yangi avlod ma’lumotlar uzatish texnologiyasi taqdimotini o‘tkazishdi. 5.5G yangi avlod ma’lumotlar uzatish texnologiyasini yaratishda kundan-kunga zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektning jadallik bilan rivojlanib borayotganligi, telekommunikatsiya tarmoqlarida ma’lumotlar almashuvi hajmi (trafigi) keskin o‘sib borayotgani inobatga olinib yaratilganligi aytildi.

Huaweining raqamli shifoxona tizimi 110 dan ziyod davlat (xususan, Germaniya, Fransiya va Ispaniya) va shaharlardagi 5000 dan ziyod sog‘liqni saqlash tizimlariga xizmat ko‘rsatib kelayotgan ta’kidlab o‘tildi.

Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha prezidenti Vang Shunli bilan uchrashuvda telekommunikatsiya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijalari muhokama qilindi va AKT infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasidagi yangi rejalar belgilab olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring