Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

mGovAward uchinchi to‘lqini g‘oliblari taqdirlandi (video)

29-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan mGovAward uchinchi to‘lqini g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida, shuningdek, panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi, unda tanlov natijalari va ikki davlat o‘rtasidagi kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

mGovAward — talabalarni yangi texnologiyalarni joriy etishga va fuqarolar hayotini yaxshilashga yordam beradigan yangi g‘oyalarni o‘zlashtirishga jalb etishga qaratilgan. Eng yaxshi ishlab chiqilgan yechimlar davlat organlarida joriy etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun jami 63 ta jamoa ariza topshirgan bo‘lsa, shundan 20 ta loyiha “Demo Day”ga yo‘l olgan.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 100 000 AQShdollarini tashkil etadi va uchta sovrin o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:

• 1-o‘rin — 50 000 AQSh dollari

• 2-o‘rin — 30 000 AQSh dollari

• 3-o‘rin — 20 000 AQSh dollari

Tanlov doirasida Logosmart loyihasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Drive Save loyihasi ikkinchi va School of Authism loyihasi esa uchinchi o‘ringa sazovor deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov uchinchi to‘lqini 2023-yil 1-iyulda boshlangandi. Loyiha doirasida tanlov ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha davlat sektori uchun mobil ilovani ishlab chiqishlari kerak edi:

• transport va logistika

• ma’lumotlarga asoslangan qarorlar

• ta’lim

• tadbirkorlik

• inson resurslari va farovonlik

•ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

• turizm

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring