Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“President Tech Award” tanlovida ishtirok etishga shoshiling!

“President Tech Award” tanlovida ishtirok etishga shoshiling!

Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi to‘lqini uchun arizalar qabuliga start berildi!

Qiziqarli musobaqada ishtirok etish va o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq qilish uchun noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Bilimlaringizni sinab ko‘rishga va ilg‘or IT yechimlarini yaratishga tayyor bo‘lsangiz — bu tanlov aynan siz uchun!

Tanlovning asosiy yo‘nalishi quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
  2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
  3. MicroSaaS va AdTech;
  4. Kompyuter va mobil o‘yinlar;
  5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

Maxsus yo‘nalish esa 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni o‘z ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.

Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:

1-o‘rin — $100,000

2-o‘rin — $50,000

3-o‘rin — $30,000

Shoshiling, hoziroq tanlovning rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘ting va asosiy yo‘nalishlar, o‘tkazilish sanalari hamda ishtirok etish tafsilotlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring