Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda 1000 km/soat tezlikka erishadigan poyezd namoyish etildi

Xitoyda 1000 km/soat tezlikka erishadigan poyezd namoyish etildi

Xitoyda Hyperloop prototipi birinchi marta sinovdan o‘tkazildi.

Supero‘tkazuvchi magnitlar bilan ishlaydigan magnit yostiqli poyezd birinchi marta past vakuumli tunneldan o‘tib, belgilangan parametrlarga muvofiq harakat qilish, tezlashtirish va tormozlash imkoniyatini isbotladi.

Sinovlar Xitoyning Aerokosmik fan va sanoat korporatsiyasi (CASIC) tomonidan 2 km uzunlikdagi sinov stendida o‘tkazildi. Bunday natijaning muhim sharti shundaki, quvurdagi bosim atmosfera bosimidan past bo‘lishi kerak.

Kelajakda poyezd tezligi 1000 km/soatni tashkil qiladi. Bu aksariyat fuqarolik samolyotlariga qaraganda tezroq.

Sinovlar hali ham davom etmoqda va ishga tushirish sanasi oshkor etilmadi. 

Poyezd ishga tushgandan so‘ng, Pekindan Shanxayga sayohat hozirgi 4 soat o‘rniga 1,5 soat davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring