Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Kecha Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga Xitoy Xalq Respublikasining Sidyan universiteti vakillari tashrif buyurdi. 

Dastlab Institut direktori A.Kadirov vakillarni Institutning ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishtirib, institutda amalga oshirilayotgan loyihalar xusususida ma’lumot berdi. 

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xususan, kadrlar almashish va ularning malaka oshirishini ta’minlash, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarda o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish masalalari bo‘yicha fikr almasish hisoblanadi.

Tadbir so‘ngida vakillar institut rahbariyati tomonidan joriy yilning sentyabr oyida AKT haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan "ICT Week 2024" tadbiriga taklif qilindi. 

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Sidyan universiteti Xitoyning sun’iy intellekt sohasidagi eng nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lib, elektronika, kommunikatsiya texnologiyalari, informatika, kiberxavfsizlik va boshqa yuqori texnologiyali sohalarda tadqiqotlar olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring