Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“O‘zbekkosmos” Xitoy davlat kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

“O‘zbekkosmos” Xitoy davlat kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Ma’lumki, “O‘zbekkosmos” agentligi o‘z faoliyati davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirib, kosmik yo‘nalishda tajriba oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, bu borada kadrlar tayyorlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarda yirik xorijiy kompaniyalar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda. 

Xususan, Xitoy elektron texnologiyalar guruhi “China Electronics Technology Group Corporation” (CETC) so‘zimizga isbotdir. Ular bilan dastlabki uchrashuv joriy yilning yanvar oyida o‘tgan bo‘lsa, navbatdagisi 16-avgust kuni tashkil etildi. Unda “O‘zbekkosmos” agentligi rahbariyati va Xitoy davlat kompaniyasi (CETC) Boshqaruv raisi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etishdi. 

O‘zaro suhbat davomida bugun O‘zbekistonda kosmik tarmoqni rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish, salohiyatli kadrlar bazasini yaratish uchun shaxsan Prezident tomonidan e’tibor berilayotgani, sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi. Jumladan, “O‘zbekkosmos” agentligi Davlat kosmik monitoringi orqali iqtisodiyot sohalarida qonunbuzarlik holatlari va noqonuniy xatti – harakatlarni aniqlab kelayotgani haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda geoaxborot tizimlari va yerni masofadan zondlash texnologiyalari bo‘yicha chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalari va tashabbuslari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: Xitoy elektron texnologiyalar guruhi “China Electronics Technology Group Corporation” (CETC) 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, aloqa, elektronika mahsulotlari ishlab chiqarishga hamda dasturiy ta’minotlar tayyorlashga ixtisoslashgan Xitoy davlat kompaniyasi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring