Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Windows 11 kuzgi yangilanishida uchta afsonaviy Microsoft ilovasini butunlay o‘chirib tashlaydi

Windows 11 kuzgi yangilanishida uchta afsonaviy Microsoft ilovasini butunlay o‘chirib tashlaydi

Foto: Ferra

Microsoft Windows 11 24H2 avtomatik ravishda Cortana, Tips i WordPad dasturlarini olib tashlashini e’lon qildi.

Microsoft iyun oyida Cortanani qo‘llab-quvvatlashni tugatishini e’lon qildi va avgust oyida undan foydalanishni to‘xtatdi.

1995 yildan beri Windows tizimlarida o‘rnatilgan WordPad ham o‘chiriladi. Bu haqda birinchi marta sentyabr oyida e’lon qilingan edi. Tips ilovasi noyabr oyida eskirgan va kelgusi yangilanishda o‘chirib tashlanadi.

Insayderlar Windows 11 24H2 yangilanishini Sozlamalar (Nastroyki) > Windows Update orqali o‘rnatishi mumkin. Tijorat mijozlari Windows Update for Business (WUfB) va Windows Server Update Service (WSUS) orqali yangilashlari mumkin.

Besh yil avval Microsoft klassik Windows Paint ilovasini ham olib tashlashni rejalashtirgan edi, biroq foydalanuvchilarning noroziligidan so‘ng uni Microsoft do‘koni orqali taqdim etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring