Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistonida 5 gektarlik kiber arena quriladi

Saudiya Arabistonida 5 gektarlik kiber arena quriladi

Foto: 4PDA

Dunyodagi eng katta sharsimon tuzilmani ishlab chiqarganligi bilan tanilgan Sphere kompaniyasi yangi espor arenasi – Qiddiya City Esports Arena qurishni rejalashtirmoqda.

Loyihaning maqsadi – Saudiya Arabistonini 2030-yilga borib o‘yinlar va sport uchun global markazga aylantirishdir.

500 ming kvadrat metr maydonda to‘rtta zamonaviy e-sport arenasi, turli kibersport tashkilotlarining bosh qarorgohi (25 tagacha klub), shuningdek, turizm infratuzilmasi: mehmonxonalar, do‘konlar, restoranlar va boshqalar joylashadi.

Me’morlarning fikriga ko‘ra, 5155 kishiga mo‘ljallangan arenaning ranglari sahnadagi voqealarga qarab o‘zgaradi.

Arxitektura byurosining konsepsiyasiga ko‘ra, Qiddiya City Esports Arena jahonning barcha sport arenalari orasida rekord darajadagi videoekranlar bilan jihozlanadi.

Bino nafaqat sport maydonchasi, balki o‘quv markazi va media prodyuserlik markazi sifatida ham faoliyat yuritishi kutilmoqda.

Ushbu loyihaning tashkil etilishiga Saudiya Arabistoni rahbarlarining neftga asoslangan iqtisodiyotdan turizmga asoslangan iqtisodiyotga o‘tishga harakat qilayotgani ham sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring