Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Raqamlashtirish vazirligiga keldi (foto)

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Raqamlashtirish vazirligiga keldi (foto)

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Saudiya Arabistonining Vision Invest va ACWA Power kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi, O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abdulloh Abunayyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Dastlab, mehmonlarga raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, IT Parkdda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Uzinfocom faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Muhammad Abunayyan Vision Invest kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Muzokaralar davomida Vision Invest va Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish, IT autsorsing xizmatlarlarini amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring