Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dengiz ostidagi 4 ta internet kabeli uzilib ketdi

Dengiz ostidagi 4 ta internet kabeli uzilib ketdi

Foto: Yandeks

Saudiya Arabistonining Jidda va Sharqiy Afrikadagi Jibuti o‘rtasidagi Qizil dengizda to‘rtta dengiz osti aloqa kabeli shikastlangani aytilmoqda.

AAE-1, Seacom, EIG va TGN kabellarining shikastlanishi Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi internet aloqalarida jiddiy uzilishlarga olib kelgan. Natijada, Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Hindiston sezilarli zarar ko‘rgan.

“Taxminlarga ko‘ra, bunday katta miqdordagi suv osti kabellarini ta’mirlash kamida sakkiz hafta davom etishi va biroz xavfli bo‘lishi ham mumkin. Telekommunikatsiya kompaniyalari ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga rozi bo‘ldi.

AAE-1 kabeli Sharqiy Osiyoni Misr orqali Yevropaga, xususan Xitoyni G‘arbga bog‘laydi. Seacom kabeli esa Yevropa, Afrika, jumladan, Janubiy Afrika va Hindistonni bog‘laydi.

Qizil dengizdagi kabellar global tarmoqdagi barcha internet-trafikning 17 foizini tashiydi. 6 yil avval u yerda uzunligi 25 ming kilometr bo‘lgan kuchli AAE-1 kabeli yotqizildi. U Hind va Tinch okeani mintaqasini Yaqin Sharq va Janubiy Yevropa bilan bog‘laydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring