Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli texnologiyalar vazirligi xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” hamda 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi” bo‘yicha integratsiyalashgan menejment tizimining joriy qilinganligi bo‘yicha sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sertifikatlarni “SERT International” xalqaro sertifikatlash tashkiloti direktori Marat Habibulin topshirdi.

Ta’kidlanishicha, vazirlikda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning halol va shaffof ish yuritishiga erishish borasida samarali faoliyat olib borilmoqda.

Xususan, vazirlik tizimida jami 238 nafar xodim dastlabki, umumiy, korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan lavozimlar bo‘yicha maxsus, soha mutaxassislari uchun chuqurlashtirilgan maxsus o‘quv kurslarida tahsil olishdi.

Shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida vazirlik markaziy apparati va hududiy sho‘balaridan jami 70 nafar, vazirlik tizimidagi agentlik, inspeksiya, aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalaridan 200 nafardan ortiq xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘qitildi. Xalqaro standartlarni joriy qilish borasida bosqichma-bosqich tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Vazirlikda amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq, joriy yil sentyabr-oktyabr oylarida vazirlik markaziy apparatida “SERT International” xalqaro sertifikatlash tashkilotining xalqaro auditorlari tomonidan xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlash auditi o‘tkazildi va audit yakunlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlar taqdim etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ushbu maqsadli sa’y-harakatlar, o‘quv treninglar hamda o‘tkazilgan xalqaro audit tekshiruvlari natijasida vazirlik markaziy apparati faoliyati ijobiy baholanib, “SERT International” tomonidan 2 ta xalqaro sertifikatga munosib ko‘rildi.

E’tiborlisi, ushbu sertifikatlarga vazirlik markaziy apparati menejment tizimi xalqaro standart talablarini hamda sifat menejment tizimini joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilishi natijasida erishilgan.

Mazkur xalqaro sertifikatlarning qo‘lga kiritilishi, avvalo, vazirlikning biznes jarayonlariga hamda sohada faoliyat olib borayotgan xodimlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Hozirgi transformatsiya jarayonlarida esa xorijiy hamkorlarni yanada ko‘proq jalb etishga, shuningdek, vazirlikning qat’iy mexanizm asosida ishlashiga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring