Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjonning “PASHA holding” rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ozarbayjonning “PASHA holding” rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: Digital.uz

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “InMerge” innovatsion sammiti tashkilotchisi, “PASHA holding” rahbari Jalal Gasimov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir nechta masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Jalal Gasimov xolding tomonidan moliyalashtiriladigan biznes turlari va kompaniyalar to‘g‘risida axborot berib, IT-startaplar va ko‘chmas mulkka o‘z mablag‘larini yo‘naltirishini va O‘zbekistonda yirik IT-kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, 2024-yilning boshida, IT va ko‘chmas mulk bozorini o‘rganish uchun, xolding delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun: “PASHA holding” — 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bank va moliya, sug‘urta, axborot texnologiyalari, chakana savdo, qurilish, mehmonxona biznesi va qishloq xo‘jaligi, mulkni rivojlantirish va turizm sohalariga sarmoya kiritish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring