Ozarbayjon delegatsiyasi bilan IT sohasida tajriba almashildi

Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashib, IT sohasini rivojlantirish yo‘nalishida mamlakatimizda yaratilgan qulay sharoitlar, amalga oshirilayotgan loyihalar va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Dastlab delegatsiyaga Yagona integrator – UZINFOCOM tomonidan olib borilayotgan faoliyat, amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning natijalari haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion yechimlar, davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehmonlar O‘zbekistonning IT infratuzilmasi, startap ekotizimi, IT-parklarda yaratilgan qulayliklar, shuningdek, IT bo‘yicha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ham tanishdilar. Ular, ayniqsa, yoshlar uchun IT sohasida yaratilgan imkoniyatlar, davlat va xususiy sektor hamkorligida olib borilayotgan loyihalar va IT mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan dasturlarni yuqori baholashdi.
Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida IT sohasida tajriba almashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter