Gentradan ham arzon narxda Toyotadan eng so‘nggi rusumli elektromobilni kutib oling!
Toyota tarixidagi eng arzon — bZ3X elektromobili 204 ot kuchiga ega elektr motor bilan jihozlangan.
U bir quvvatlanishda 430 km gacha bo‘lgam masofani bemalol bosib o‘tadi.
Shuningdek, yangi elektromobilda avtopilot va 11 ta dinamikli Yamaha audiotizimi ham mavjud.
Toyota bZ3Xning o‘lchami RAV4 bilan deyarli bir xil. Ammo narxi ancha arzon — 15 000 dollar.
Avtomobil ilk soatlardayoq Xitoyda naq 10 000 dan ortiq mijozlar tomonidan oldindan buyurtma qilindi.
Xaridlar miqdori bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin edi buyurtmani qabul qilish tizimi bunday yuqori trafikga bardosh bera olmadi.
Xo‘sh, siz ham bu narxga Toyota sotib olgan bo‘larmidingiz yoki Gentra?


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter