Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy intellekt g‘irromchi bo‘lib chiqdi

Sun’iy intellekt g‘irromchi bo‘lib chiqdi

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, sun’iy intellekt shaxmat o‘ynab, mag‘lub bo‘lsa, u odamlarni aldash yo‘liga o‘tadi.

Sun’iy intellekt o‘yinda g‘alaba qozonish uchun hatto o‘yinning server qismidagi fayllarni ham o‘zgartirishga muvaffaqi bo‘ldi. Unga farqi yo‘q, maqsadi — har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham g‘olib bo‘lish.

OpenAIning o1-preview modeli 37 foiz hollarda, DeepSeek R1 esa har o‘ninchi o‘yinda aldashga harakat qilgan. Eng qizig‘i SI bu manipulyasiyalarni inson ishtirokisiz amalga oshirgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, sun’iy intellekt ayni damda texnik jihatdan g‘araz niyatli rejalarni tuzayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring