Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UZINFOCOMning “Jmed“ tizimi haqida eshitdingizmi?

UZINFOCOMning “Jmed“ tizimi haqida eshitdingizmi?

UZINFOCOM sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish departamenti mutaxassislari tibbiy asbob-uskuna va jihozlarning hisobi va nazoratini yuritish uchun “Jmed“ tizimini joriy etish ishlarini olib borishmoqda.

Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan inventarizatsiyaning birinchi bosqichida tizimga 17420 dona uskunalar kiritildi.

Har bir asbob-uskuna birligi noyob QR-kod bilan markalanadi, unda uskunaning nomi, modeli, joylashuvi, holati, tibbiyot muassasasida o‘rnatilgan sanasi, shuningdek uskuna va seriya raqamlari mavjud.

Kelgusida ushbu tizimni respublikaning barcha hududlarida joriy etish rejalashtirilgan.

Aytish joizki, bu tibbiyot muassasalaridagi barcha uskunalarni markazlashgan holda nazorat qilish va boshqarish, uning holatini kuzatib borish va ta’mirlash yoki almashtirishni o‘z vaqtida rejalashtirish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring