Endi qarishdan qo‘rqmasangiz ham bo‘laveradi. Chunki ishonchli yoshlik eliksiri bor!

Osaka universiteti mutaxassislari hujayralarni yoshartirish mumkinligini isbotlashdi.
Eski hujayralardagi AP2A1 oqsilining olib tashlanishi natijasida qarishning oldini olish mumkin. Natijada hujayralarning yangilanish tezligi kuchayadi.
Chunki yosh hujayralarda AP2A1 oqsilining haddan ziyod ko‘payishi qarish jarayonlarini tezlashtirdi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, AP2A1 oqsilini organizmdan olib tashlab qarishni sekinlashtirish mumkin ekan.
Hozirda olimlar ushbu oqsilni batafsil o‘rganib chiqib, tadqiqotlar olib borishmoqda.
Agar ular hujayralarning qarishini sekinlashtira olsalar, odamlar sog‘lom va uzoq umr ko‘rishlari mumkin.
Kasalliklar paydo bo‘lgandan keyin uni davolashdan ko‘ra, bunday yondashuv xastalikning boshlanishini oldini olishi yoki uzoq muddatga kechiktirishi mumkin. Zo‘r-a?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter