Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminarda vazirlik tizimi rahbar-xodimlari ishtirok etdi

Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminarda vazirlik tizimi rahbar-xodimlari ishtirok etdi

Foto: Digital.uz

Bugun, 29-noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan birgalikda “Korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish, ichki audit, monopoliyaga qarshi kurashish, raqobat qonunchiligi va uning buzilish ehtimollari, davlat xaridlari jarayonida hamda davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi masalalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati va vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

Unda tashkilotlarda davlat xaridlari jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi masalalari bo‘yicha mahalliy ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, davlat byudjeti g‘azna ijrosi jarayonida Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirlik va idoralarning ichki audit xodimlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda monopoliyaga qarshi siyosat va unga amal qilish, raqobat qonunchiligi va uning buzilish ehtimollari bo‘yicha ham tushunchalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring