Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xiaomi eng arzon Wi-Fi 7 routerini taqdim etdi

Xiaomi eng arzon Wi-Fi 7 routerini taqdim etdi

Foto: en.xiaomitoday

Xitoyda Xiaomi kompaniyasining BE3600 2.5G modelidagi arzon routeri sotuvi boshlandi. Qurilma eng so‘nggi Wi-Fi 7 simsiz aloqa standartini qo‘llab-quvvatlaydi. U raqobatchilardan 3600 MB/s gacha bo‘lgan yuqori unumdorligi, aqlli ulanishi va nihoyatda hamyonbop narxi bilan ajralib turadi – atigi 249 yuan yoki 34 dollar.

Wi-Fi 7-ni qo‘llab-quvvatlash tufayli marshrutizator maksimal tezlikka erishish uchun ikkita ma’lumot uzatish diapazoni (MLO texnologiyasi), ya’ni 2,4 gigagersli va 5 gigagersli chastotalarni birlashtira oladi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yangi mahsulot Wi-Fi 6 standartidan real o‘tkazuvchanlik bo‘yicha 44 foizga, nazariy jihatdan esa 48 foizga oshib ketgan. Router shuningdek, 4KQAM (kvadrat amplitudali modulyasiya) texnologiyasini va OFDMA texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi - ular ulangan qurilmalar ehtiyojlariga qarab resurslarni optimal taqsimlash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring