Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayoli telefonini tekshiradiganlar WhatsApp ishlatsin!

Ayoli telefonini tekshiradiganlar WhatsApp ishlatsin!

Foto: 4PDA

WhatsApp maxfiylikni oshirishga qaratilgan yangi funksiyani taqdim etdi. Bu sizning sevimli suhbatlaringizni begona ko‘zlardan ishonchli tarzda yashirish imkonini beradi.

Ushbu yangilik sizga parol yordamida suhbatlaringizni begona ko‘zlardan himoya qilish imkonini beradi.

Ushbu yangi funksiya messenjer sozlamalari orqali o‘rnatilishi mumkin. Shundan so‘ng, suhbat umumiy ro‘yxatdan yo‘qoladi. Uni ko‘rsatish uchun esa qidiruv satriga tegishli belgilar kombinatsiyasini kiritishingiz kerak bo‘ladi.

Ushbu xususiyat ko‘pincha o‘z smartfonini boshqa odamlarga beradiganlar uchun ayni muddaodir. Tez orada mazkur funksiyadan iOS va Android qurilmalarining barcha foydalanuvchilari birdek foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring