Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

WhatsApp tugmachali telefonlarda ishlashni to‘xtatadi

WhatsApp tugmachali telefonlarda ishlashni to‘xtatadi

Foto: 3dnews.ru

WhatsApp KaiOSga (mobil operatsion tizim)ega funksiyali telefonlarda ishlashni to‘xtatadi.

Ko‘pgina foydalanuvchilar ushbu operatsion tizim bilan, ayniqsa, 2.5.4 va undan yuqori versiyalarida o‘z qurilmalaridagi ilovaga endi kira olmasligini xabar qiladi.

Ular tizimga kirishga harakat qilganda, " biror narsa noto‘g‘ri ketdi", degan xabarni ko‘radilar. Hozirgacha tizimga kirganlar messenjerdan 2025 yil boshigacha foydalanishda davom etishlari mumkin.

JioPhone, Nokia 2720 Flip, 2760 Flip, 6300 4G va boshqa modellarning egalari eng ko‘p jabr ko‘rdi.

WhatsApp ilovani KaiOS do‘konidan olib tashladi, bu esa yangi foydalanuvchilarning uni yuklab olishiga to‘sqinlik qiladi. Ushbu telefonlarda messenjerni qo‘llab-quvvatlash va yangilanishlar ham tugaydi, bu esa xavfsizlikka xavf tug‘dirishi mumkin.

WhatsApp bu qaror sabablariga rasman izoh bermadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring