Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samsung WhatsApp qo‘ng‘iroqlariga real vaqtda tarjima qo‘shadi

Samsung WhatsApp qo‘ng‘iroqlariga real vaqtda tarjima qo‘shadi

Samsung WhatsApp qo‘ng‘iroqlari uchun real vaqt rejimida tarjima qilish funksiyasini qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Bu yangilik kompaniya SI imkoniyatlari bilan e’tiborni tortgan Galaxy S24 modellarini ishga tushirgandan so‘ng paydo bo‘ldi. Ulardan biri Live Translate bo‘lib, u allaqachon Samsung ilovalarida qo‘ng‘iroqlar va xabarlar uchun mavjud.

Endi Live Translate funksiyasi abonentning ovozini real vaqt rejimida afzal qilingan tilga tarjima qiladi va tarjimaning transkripsiyasini ekranda aks ettiradi.

Bu funksiya WhatsApp foydalanuvchilari uchun muloqot tajribasini sezilarli darajada yaxshilaydi va Telegram, Google Meet va Viber kabi boshqa ilovalar uchun ham mavjud bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring