Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyda o‘tirib pul topayotganlar ham qariganida pensiyaga chiqadi — buni my.gov.uz orqali rasmiylashtirish oson!

Uyda o‘tirib pul topayotganlar ham qariganida pensiyaga chiqadi — buni my.gov.uz orqali rasmiylashtirish oson!

Foto: Yuz.uz

Uyda o‘tirgan holda hunarmandchilik bilan shug‘ullanish, tomorqaga narsa ekish, chorva mollari boqish, repetitorlik qilish, tikish yoki to‘qish orqali uch-to‘rt sum pul topish mumkin. Lekin ular ham shunchaki tirikchilik, qora qozonni qaynatish bilan kifoyalanmay, xuddi har kuni ishga qatnab yurgan rasmiy xodimlar kabi ish stajiga ega bo‘lib, hatto kelajakda pensiya gashtini sura oladilar. Yoshlikdagi mehnat evaziga qariganda har oy qo‘liga pul tegib turishi qanday yaxshi!

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra,erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga to‘lganda to‘liq hamda mehnat staji kamida 7 yil bo‘lganda to‘liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanadi.

Ishsiz fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4742-sonli qarorida belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishsa, 1 yil mehnat stajiga ega bo‘lishadi.

Faqat buning uchun o‘rnatilgan tartibda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, kamida bazaviy hisoblashning bir barobari (340 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kerak. Fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lovini (ayni vaqtda — 608 ming so‘m) amalga oshirsa, pensiya olish huquqini qo‘lga kiritadi. Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bog‘liq. Ijtimoiy soliqni qancha ko‘p to‘lasangiz, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo‘laveradi.

Qiziqib qoldingizmi? Unda o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qilamiz! Chunki bu har tomonlama qulay: ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanmaydi, hujjatlar talab etilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring