Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalari oshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalari oshirildi

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakili tomonidan Qonliko‘l, Taxiatash, Qo‘ng‘irot, va Mo‘ynoq tumanlari aholisi uchun elektron xizmatlardan samarali foydalanish mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida fuqarolarga my.gov.uz portalida mavjud elektron xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi hamda pullik xizmatlar uchun taqdim etiladigan chegirmalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Yagona portaldagi "Fuqarolik", "Ma’lumotnomalar" hamda "Soliq" sohalariga oid xizmatlardan foydalanish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Yagona portalning MyGov mobil ilovasidagi qulay imkoniyatlar bilan ham tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring