Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Neuralink bir hafta ichida ikkinchi bemorning miyasiga chip joylashtiradi

Neuralink bir hafta ichida ikkinchi bemorning miyasiga chip joylashtiradi

Ilon Mask asos solgan Neuralink kompaniyasi o‘z chipini bir hafta ichida ikkinchi bemorga implantatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Mask bu haqda videotranslyasiya paytida ma’lum qildi va yil oxiriga kelib implantatsiya qilingan bemorlar soni "o‘nlab"ga yetishini qo‘shimcha qildi.

Telepathydeb nomlangan qurilma elektrod iplari bo‘lgan dumaloq disk bo‘lib, miyaga implantatsiya qilinadi.

Neuralink bosh va orqa miya shikastlangan bemorlarga telefon va kompyuterlarni aqli bilan boshqarish imkonini berish orqali yordam berishni maqsad qilgan.

Muhokama chog‘ida Mask va kompaniya xodimlari qurilmani kelajakdagi takomillashtirish va birinchi implantatsiyadan so‘ng yuzaga kelgan muammolarni oldini olish choralari haqida gapirdi.

Kompaniya, shuningdek, elektrod iplarining miya to‘qimalaridan tortib olinishini oldini olishga qaratilgan o‘zgarishlarni ham muhokama qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring