Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Mannai Corporation” vitse-prezidenti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“Mannai Corporation” vitse-prezidenti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatar Davlatining “Mannai Corporation” vitse-prezidenti Xolid Al-Mannai bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 

Uchrashuvda dastlab yurtimizda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, IT Park tomonidan taqdim etiladigan soliq imtiyozlari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

O‘z navbatida, Xolid Al-Mannai IT sohasida hamkorlik bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, “Mannai Corporation"ga qarashli “Mannai Infotech” kompaniyasi haqida taqdimot o‘tkazdi. 

Bundan tashqari, milliy dasturiy mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “ICTWeek 2024” AKT haftaligiga Qatar davlatidan xorijiy mehmonlarni va IT kompaniyalarni taklif qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring