Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoydagi “Uzbekistan Outsourcing Conference”: Xitoy biznesi va O‘zbekiston IT-tizimi o‘rtasida aloqalar o‘rnatilmoqda

Xitoydagi “Uzbekistan Outsourcing Conference”: Xitoy biznesi va O‘zbekiston IT-tizimi o‘rtasida aloqalar o‘rnatilmoqda

Shanxayda O‘zbekistonda yaratilgan global biznes imkoniyatlarini namoyish etuvchi IT Park Uzbekistan tashkilotining “Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shanxay IT-sanoati va tadbirkorlik uyushmalari vakillarining ishtiroki, shuningdek, Xitoy biznesining katta qiziqishi bu tadbirni mamlakatlar o‘rtasida IT-xizmatlar sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida belgiladi.

Tadbirni O‘zbekistonning Shanxaydagi konsuli Hamidjon Rahmonov ochdi. Uning nutqi O‘zbekistonning afzalliklari — geosiyosiy mavqeyi, Xitoy bilan ko‘p yillik iqtisodiy hamkorligi va yosh, malakali kadrlarga ega ekanligi haqida bo‘lib, mazmunli sessiyaga asos bo‘ldi.

O‘zbekiston asosiy boyliklaridan biriga — 21 million nafar mehnatga layoqatli yoshdagi, shundan 5 million nafari ingliz tilini, 10 ming nafari xitoy tilini erkin biladigan yuqori ma’lumotli kadrlar zaxirasiga ega. O‘zbekistonning inson kapitali mamlakatni autsorsing operatsiyalarini kengaytirishni istagan kompaniyalar uchun ideal joy sifatida namoyon etadi. Yuqorida ta’riflangan noyob xususiyatlar O‘zbekistonni o‘z autsorsing va xizmat ko‘rsatish faoliyatini kengaytirishni xohlovchi kompaniyalar uchun jozibador makonga aylantiradi.

Shuningdek, respublika davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning misli ko‘rilmagan dasturlari — “Zero Risk”, “Softlanding” va “Regional HQ”ni taqdim etdi. Bu dasturlar tez sur’atda rivojlanishni maqsad qilgan tashkilotlarga o‘z resurslarini ustuvor biznes vazifalariga yo‘naltirish va O‘zbekistonning istiqbolli IT-sektoriga minimal xatarlar bilan kirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, IT Park Uzbekistan rezidentlari bo‘lgan 800 dan ortiq eksportyor kompaniya Xitoy bozoriga IT va autsorsing loyihalarini amalga oshirish uchun hamkorlikka tayyor.

Konferensiyada “BIPO” kompaniyasining mintaqaviy menejeri Yuriy Karp O‘zbekistonda biznes yuritish bo‘yicha o‘zining muvaffaqiyatli tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston ulkan salohiyatga ega ekanligini va jahon autsorsing bozorida asosiy rol o‘ynayotganini ta’kidladi. Siyosiy barqarorlik, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mamlakatning qulay tadbirkorlik muhiti, shuningdek, iste’dodli mutaxassislarning ko‘pligi tufayli IT-kompaniyalar tezda kengayishi va xalqaro mijozlarga samarali xizmat ko‘rsatishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Bunday anjumanlar O‘zbekistonning jahon maydonida autsorsing uchun istiqbolli yo‘nalish sifatidagi mavqeini mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda. Ular yangi ish o‘rinlarini yaratish, investitsiyalarni jalb qilish va kasbiy tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar ochib bermoqda, bu esa mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va fuqarolarning turmush darajasini oshirishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring