Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Vazir Elchini O‘zbekistonga Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi hamda yuksak va mas’uliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi.

Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi.

Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Uchrashuv chog‘ida axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-ta’lim va eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining joriy holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pantga UZINFOCOM loyihalari, jumladan, MyID biometrik identifikatsiya ekotizimi, “Raqamli energiya” yagona billing tizimi, Mygov.uz davlat xizmatlari portali va boshqalar, shuningdek, joriy yilning aprel oyida turli IT mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash uchun ochilgan Ustudy IT Akademiyasi taqdim etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring