Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Butun dunyo startaplari uchun OpenCall : Markaziy Osiyoni kashf eting!

Butun dunyo startaplari uchun OpenCall : Markaziy Osiyoni kashf eting!

"Plug and Play Uzbekistan” startaplar uchun beqiyos yordam va resurslarni taklif qiluvchi akseleratsiya dasturining 3-bosqichini ishga tushirmoqda. Sentyabr oyining oxirigacha ariza topshiring!

Kimlar ariza topshirishi mumkin:

  • Butun dunyo bo‘ylab startaplar, ayniqsa Markaziy Osiyo bozoriga kirishni yoki xarajatlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekistonda rivojlanish ofislarini ochishni istaganlar;
  •  IT Park Uzbekistan rezidenti bo‘lgan yoki PnP dasturi yakuniga qadar rezident bo‘lishga qiziqqan startaplar.

Sizga nimalar taklif qilinadi:

  • Yetakchi murabbiylar rahbarligida 3 oylik intensiv akseleratsiya dasturi;
  • Dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq joyda faoliyat yurituvchi “Plug and Play Tech Center” global tarmog‘iga va xalqaro bozorlarga kirish imkoniyati;
  • IT Park Uzbekistan rezidenti bo‘lish va deyarli barcha soliqlardan ozod bo‘lish imkoniyati. IT Park Uzbekistan tomonidan mahalliy xodimlarni izlash, ofis maydonini tanlash, jahon miqyosidagi texnologik tadbirlarda ishtirok etish hamda ta’sischilar va amaldagi xodimlar uchun IT-viza olishda ko‘maklashish;
  • Global korporativ hamkorlar bilan seminarlar, murabbiylik va netvorking imkoniyatlari;
  • Xorijga eksport qilish uchun biznesingizni kengaytirishda qo‘llab-quvvatlash va yordam.

Ushbu dasturda ishtirok etish orqali startaplar Plug and Play Uzbekistan asoschi hamkorlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan, “Aloqa Bank” va "Aloqa Ventures” kabi ta’sischi hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ularning ko‘magi orqali biz biznesingizni rivojlantirishga yordam beradigan noyob tajribani taqdim etishga intilamiz.

Arizalarni qabul qilish muddati: 30-sentyabrgacha. Hoziroq ariza topshiring: https://lnkd.in/dwPUfPTv

Biznesingizni yangi bosqichga olib chiqish uchun bu noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. “Plug and Play” akseleratsiya dasturining 3-bosqichida qatnashing va O‘zbekiston innovatsion hamjamiyatining bir qismiga aylanib, jahon bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring