Xalqaro informatika olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi
Bugun 2 ta yaxshi xabar: O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida ilk bora sovrindor bo‘lishlari bilan birga, ushbu Xalqaro olimpiada birinchi marta O‘zbekistonda 2026-yilda bo‘lishi aniq bo‘ldi!
Prezidentimiz iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimiga asos solishining natijalari mamlakatimizni dunyoga tanitishda yordam bermoqda. Informatika yo‘nalishida Xalqaro olimpiadaga tayyorlanishga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘maklashish maqsadida bu yil qo‘shma qaror qabul qilib, hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan edik, shunga yoshlarimizning bu g‘alabasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bilan birgalikda juda xursand bo‘ldik
Hamyurtlarimiz Valijonov Dilyorbek va Xo‘jayev Dilshodbeklarni hamda ularning ustozlarini Xalqaro informatika olimpiadasida mamlakatimiz tarixidagi ilk bronza medallarini qo‘lga kiritganliklari bilan tabriklaymiz!
Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston delegatsiyasi 2026-yilda yurtimizda ushbu nufuzli olimpiadani o‘tkazish uchun arizani taqdimot qildi va Komissiya a’zolari IOI 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni ma’qullaganini e’lon qildi.
Ushbu nufuzli olimpiada ilk bor O‘zbekistonda 2026-yilda yuqori saviyada o‘tkazilishiga Raqamlashtirish vazirligi va IT Park Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bir jamoa bo‘lib tayyorgarlik qilamiz nasib qilsa.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter