Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Informatika o‘qituvchilari salohiyatlarini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi

Informatika o‘qituvchilari salohiyatlarini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Navoiy shahrida 990 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Mazkur maktab zamonaviy bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga jalb qilish maqsadida ilg‘or texnologik bazaga ega.

Maktab binosida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va ularga zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, ilm olish imkoniyatini yaratish maqsadida maxsus IT o‘quv xonasi, Robototexnika va Kibersport xonalari tashkil etilgan. Ushbu xonalarda o‘quvchilarga o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda qo‘shimcha bilim olish va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyati yaratilgan.

Bugungi kunda mazkur to‘garaklarda 100 ga yaqin yoshlar muntazam ravishda kompyuter savodxonligi, dasturlash asoslari, veb-dizayn va grafika, 3D modellashtirish, robototexnika asoslari va kibersport yo‘nalishlarida bilim olishmoqda. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarga texnologiyalardan foydalanishni o‘rgatish, ularning innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelajakdagi texnologik jamiyat uchun malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Vazir Sh.Shermatov maktab faoliyati bilan tanishar ekan, unda yaratilgan sharoitlarning ahamiyatini ta’kidladi va yoshlarning raqamli bilim olishiga qo‘shimcha e’tibor berishni qayd etdi. Ushbu tashabbuslar yoshlarni texnologiya va raqamli fanlarga jalb qilishda va ularga zamonaviy raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topishda yordam beruvchi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring