Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir Farg‘ona shahridagi “Premiumsoft” MChJ faoliyati bilan tanishdi

Vazir Farg‘ona shahridagi “Premiumsoft” MChJ faoliyati bilan tanishdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan “PremiumSoft” kompaniyasiga tashrif buyurib, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportini amalga oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda jamoaning kelgusidagi rejalari bilan tanishdi.

U yerda Vazir kompaniya imkoniyatlari, uni yanada kengaytirish, yoshlar uchun munosib ish o‘rinlari yaratish, duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.

Shu bilan birga, Vazir kompaniya vakillari bilan suhbatlashib, IT-xizmatlar eksportini oshirish borasida qilinayotgan ishlarni muhokama qildi.

“PremiumSoft” kompaniyasi raqamlashtirish yo‘nalishida turli platformalarni ishlab chiqishda, davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini raqamlashtirish borasida dasturiy yechimlar va maxsus tizimlarni yaratishda katta tajribaga ega hisoblanadi.

Mazkur kompaniya 2024-yakuniga qadar 1,2 mln AQSh dollari miqdorida dasturiy mahsulotlarni eksport qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring