Tutun bilan ovora bo‘lib, asosiy olov xabarlar chetda qolmasin

Bugun IT Park kompleksida quruvchilarimiz oxiriga yetkazayotgan binoning tepasida ozgina penopleks tutatib yuborishgan ekan, juda ko‘p odamlar va OAVlar shuni muhokama qilishdi. Lekin asosiy olov xabarlarimiz haqida hali ko‘pchilikka yetkazib berishga qiynalayapmiz. Bu yil jahonda iqtisodiy o‘sishdagi qiyinchiliklar kuzatilayotgan vaqtda, aynan bizning IT Park rezidentlari yil boshidan shu kungacha deyarli 2 barobarga ortdi.
Eng asosiysi, eksporter korxonalar soni deyarli 3 barobar ortdi, xorijiy korxonalar ishtirokidagi rezidentlar soni esa 6 barobarga ortdi! Ya’ni yil boshida Davlatimiz Rahbari tomonidan O‘zbekistonni IT xabga aylantirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarining amaliy natijalarini bu yil yakunlanmasdanoq ko‘rishga imkon bo‘layapti va kelgusi yillar uchun yaxshi poydevor yaratilmoqda.
Bu degani, yoshlarimiz, internetdagi vaqtlarini ko‘proq chet tili va axborot texnologiyalarini o‘rganishga sarflaganlari ma’qulroq, bekorga birovni g‘iybat qilgandan ko‘ra. Shunda ular ushbu eksporter korxonalarda yuqori maoshli ishlarga qabul qilinishlari mumkin bo‘ladi.
Xatto chet elliklar avvalgi "Ташкент - город хлебный" degan gapni, “Ташкент - город айтишный” degan maqolalar yozib O‘zbekistonni AyTi xabga aylanayotganini muhokama qilishmoqda. https://bit.ly/3Xt51Tx
Zora, shu bugungi tutun haqidagi xabarlar orqali yoshlarimiz o‘zi nima ekan bu IT Park, qanday qilsam men ham yuqori daromadli ish topar ekanman deb o‘zlariga savol berib, sohamizga qiziqsalar va o‘z ustilarida ishlashni boshlasalar hamda ko‘proq xalqaro tan olinadigan IT sertifikatlarni olsalar: https://it-istedod.uz/uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter