Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Raqamli avlod qizlari – 2022» loyihasi doirasida g‘oliblar taqdirlandi

«Raqamli avlod qizlari – 2022» loyihasi doirasida g‘oliblar taqdirlandi

Oldin xabar berganimizdek, 28 fevral – 4 mart kunlari  «Raqamli avlod qizlari – 2022» loyihasi doirasida IT sohasining turli yo‘nalishlari oromgoh tashkil etildi. Tanlov shartlari asosida qabul qilingan qizlar loyiha davomida malakali mentorlardan ta’lim olishdi

Aynan «Raqamli avlod qizlari – 2022» loyihasi ayol va qizlarga IT ning turli yo‘nalishlari, jumladan, mobil dasturlash, brending, SMM va PR, biznes tahlil, raqamli dizayn sohalari bo‘yicha fundamental bilim shakllantirishga va o‘z sohalari bo‘yicha tajriba orttirishga yordam beradi. Loyiha kimlar uchun qiziq?  IT sohasida o‘z kelajagini ko‘rayotgan, ammo ushbu kasb sir-sinoatlarini o‘rganishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi bilmayotgan, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ikkilanayotgan opa-singillarimiz uchun ushbu loyiha ayni muddaodir.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi va «Digital Generation Uzbekistan» NNM tomonidan tashkil etilgan ushbu loyihada 1500 ta talabgorlardan tanlab olingan 60 nafardan ziyod iqtidorli qizlar  besh kun davomida tajribali eksportlar bilan suhbatlashish, tajriba almashish, qobiliyatlarini namoyon etish va o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldilar.  

Mazkur loyihalardan ko‘zlangan maqsad, ayol-qizlarning axborot texnologiyalar sohasidagi rolini oshirish, ularning zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Tadbirni agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, loyiha ishtirokchilarining keyingi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

– Qizlarning o‘z ustida tinimsiz ishlashga bo‘lgan intilishi tahsinga sazovor. «Raqamli avlod qizlari-2022» bu yil ikkinchi marta o‘tkazilmoqda va quvonarlisi, biz bu yil yanada ko‘proq ishtirokchilarni qamrab olishga muvaffaq bo‘ldik. Umid qilamanki, siz bu yerda o‘rganganlaringizni boshqa qizlarga ham o‘rgatasiz. Jamiyatda ayol-qizlar kasb-hunarli bo‘lsa, o‘z o‘rnini topadi. Chunki kelajak egalarini tarbiyalash, yetuk shaxs sifatida shakllantirish ularning qo‘lida. Bu loyiha orqali qizlarimiz zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘ladilar.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha ishtirokchi qizlar o‘z loyihalarini taqdimot qilishdi va hakamlar hay’ati tomonidan ularning loyihalari baholanib, har bir nominatsiya bo‘yicha jami 16 nafar g‘olib aniqlandi. Ularga sertifikat va   qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring