Rahbaringiz kun davomida qanday ishlayotganingizni kuzatib o‘tirishiga nima deysiz?

AQShda har sakkizinchi masofaviy ishchi haftasiga yetti kun ishlaydi. Masofaviy ishlaydiganlarning aksariyatini IT mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari tashkil qiladi. Ish beruvchilarning 96 foizi o‘z qo‘l ostidagilarning mehnat samaradorligini oshirish maqsadida dasturiy ta’minotdan foydalanadilar.
Ishchilarni masofadan turib kuzatish bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi so‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik ish beruvchilar xodimlarning faqat ishlagan soatlarinigina kuzatishga e’tibor qaratadilar, bunda ishchi kuchining haqiqiy unumdorligi unchalik e’tiborga olinmaydi.
So‘rovda qatnashgan AQSh bosh direktorlarining 96 foizi o‘zlarining masofaviy xodimlarini kuzatish uchun dasturiy ta’minotdan foydalanadilar. Ularning 97 foizi bu narsa qo‘l ostidagi xodimlarning mehnat unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. Respondentlarning 63 foizi bu fikrga to‘liq qo‘shiladi, ammo 34 foizi unchalik emas.
Ish beruvchilarning 37 foizi ish joylaridan jonli video translyasiyalar yordamida o‘z xodimlarining faoliyatini kuzatib boradi. 62 foizi esa veb-brauzerni nazorat qilishni afzal ko‘radi.
Kompaniyalarning 69 foizi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning xodimlari bunday kuzatuv ostida bo‘lishni istamagani uchun ishdan ketgan. Kompaniyalarning 73 foizi esa monitoring natijalari tufayli ko‘plab xodimlarini ishdan bo‘shatganligini tan oldi.
Xodimlarni nazorat qilish ularga nima beradi, degan savolga respondentlar ish samaradorligi va jamoa faolligini oshiradi, mehnat masalalarini hal qilishni soddalashtiradi hamda jamoaviy munosabatlarni yaxshilaydi, deb javob berishdi.
Albatta rahbar sifatida qo‘l ostidagilarning ish vaqtida nima bilan shug‘ullanayotganliklarini nazorat qilib turgan yaxshi. Ammo xodimlar nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, bunday kuzatuv xodimlarda mehnatning qadrsizlanishidek tuyg‘uni shakllantirib, o‘z ish joylarini o‘zgartirishlariga sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter