Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“O‘zbekkosmos” agentligi kosmosga 10 marta uchgan NASA kosmonavti Maykl Lopes-Alegriya bilan yoshlar orasida onlayn uchrashuv tashkil qildi

“O‘zbekkosmos” agentligi kosmosga 10 marta uchgan NASA kosmonavti Maykl Lopes-Alegriya bilan yoshlar orasida onlayn uchrashuv tashkil qildi

Foto: Digital.uz

Joriy yilning 18-aprel kuni «O‘zbekkosmos» agentligi tomonidan Toshkent shahar Planetariysi bilan xamkorlikda Xalqaro kosmonavtika kuni munosabati bilan forum tashkil etildi.

Ushbu forumni tashkil etishdan asosiy maqsad – kosmonavtika sohasida yoshlar, talabalar hamda maktab o‘quvchilarining bilim saviyasi va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Forumda yuqori turuvchi tashkilotlar, “O‘zbekkosmos” agentligi, Toshkent shahar Planetariysi rahbar-xodimlari, shuningdek, 50 nafarga yaqin talabalar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni “O‘zbekkosmos” agentligi direktori Shuhrat Kadirov o‘z nutqi bilan ochib berdi.

“Forumimizdan ko‘zlangan maqsad sizlarni kosmik sohadagi zamonaviy yutuqlar va imkoniyatlar bilan tanishtirishdir. Kosmik sohaga sizdek shijoatli yoshlarni qiziqishi ortib borayotganidan xursandmiz. Hozirgi kunda biz ta’lim sohasida faol ishlayapmiz, yosh iste’dodlarga kosmik va geofazoviy texnologiyalar sohasida o‘z salohiyatlarini ochishga yordam bermoqdamiz.

Xususan, kosmik sohada ta’lim olish va keyinchalik O‘zbekiston kosmik sanoati rivojiga hissa qo‘shishni niyat qilgan yoshlarni “El yurt umidi” jamg‘armasi orqali dunyoning top 300 talikka kirgan eng yaxshi universitetlarida tahsil olishga yubormoqdamiz”, – dedi agentlik direktori Shuhrat Kadirov.

Shuningdek, agentlik direktori barcha sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad siz yoshlarga kosmik sohada barcha uchun cheksiz imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatib berish hamda mazkur sohaga kirib borishni osonlashtirishga qaratilganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng tadbirni yanada yuqori kayfiyatda o‘tishi uchun “Sharq yulduzlari” raqs guruhi o‘z ishtiroklari bilan davom ettirishdi.

Forumning asosiy qismida NASA astronavti va Xalqaro kosmik stansiya qo‘mondoni sifatida 40 yildan ortiq aviatsiya va kosmik tajribaga ega bo‘lgan Maykl Lopes-Alegriya bilan “Yulduzli suhbat: astronavt bilan kosmik sarguzashtlar” mavzusida onlayn Zoom uchrashuv tashkil etildi. Unda ishtirokchilar kosmonavtika sohasida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Ma’lumot uchun: Maykl Lopez-Alegria - Axiom 3 missiyasi qo‘mondoni sifatida 2024-yilda oltinchi marta past Yer orbitasiga qaytgan astronavt, shuningdek, 2022-yilda Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) birinchi shaxsiy kosmonavt missiyasini boshqargan.

U AQSh harbiy-dengiz floti va NASAda turli lavozimlarda, jumladan, dengiz avizosi, sinov uchuvchisi va dastur menejeri, NASA  astronavti va xalqaro kosmik stansiya qo‘mondoni kabi 40 yildan ortiq aviatsiya va kosmik tajribaga ega. U, shuningdek, eng ko‘p kosmik sayohatlar yoki "kosmik yurishlar" (10) va kosmosda yurish vaqti (67 soat, 40 daqiqa) bo‘yicha NASA rekordiga ega. 2021-yilda u Qo‘shma Shtatlar astronavtlari shon-sharaf muzeyidan joy olgan.

Mayk L.A. Tijorat kosmik parvozlar federatsiyasining sobiq prezidenti bo‘lib, u yerda AQSh Kongressi va tegishli ijroiya organlarida tijorat kosmik parvozlar sanoati nomidan davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlagan va so‘zlovchi, fikrlovchi yetakchi bo‘lib ishlagan.

Kosmonavt bilan Prezident maktabi o‘quvchilari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi M. Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Prezident maktabi, Vestminster universiteti va Alfraganus universiteti talabalari davra suhbatida qatnashishdi.

Forum davomida Planetariy binosida “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik suratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, u yerda kosmosdan olingan turli eksklyuziv tasfirlar namoyish etildi. Shuningdek “Binkov” nomidagi Respublika rassomlik maktabidan o‘quvchi-yoshlar o‘z ijodlari bilan ishtirok etdilar. Planetariy binosida “Astranomiyaning buyuk asoschilari” nomli ko‘rgazmali burchakning tantanali ravishda ochilish marosimi ham o‘tkazildi.

Shundan so‘ng mehmonlar 2-qavatga taklif qilinib, u yerda “Koinot tubiga” nomli filmni tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring