Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi Windows 11 ni yangilash uchun kompyuterni o‘chirib-yoqish shart emas

Endi Windows 11 ni yangilash uchun kompyuterni o‘chirib-yoqish shart emas

Foto: 4PDA

Hech kimga sir emaski, aksariyat asosiy Windows yangilanishlari kompyuterni qayta ishga tushirishni talab qiladi.

Ammo shundan so‘ng u har doim ham odatdagidek yoqilmasligi fig‘onni falakka chiqaradi.

Ammo tez orada vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishi mumkin. 

Windows 11 da Hotpatch deb nomlangan yangilanishlarni o‘rnatishning yangi usuli paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Uning yordami bilan xavfsizlik yangilanishlari kompyuterni qayta ishga tushirmasdan ham o‘rnatish mumkin.

Ammo aytish joizki, Hotpatch VBS virtualizatsiya funksiyasisiz ishlamaydi.

Odatda, bu funksiyani ko‘pchilik foydalanuvchilar kompyuter yaxshiroq ishlashi uchun o‘chirib qo‘yishadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yangilanish ARM protsessorli qurilmalarda 2025-yilgacha ishlamaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring